Yangiliklar

HOKIM VA DEPUTAT

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Xudayberdiyevlar tomonidan mazkur muassasada olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. 

Jarayonda bino infratuzilmasi, guruh xonalari, oshxona va yordamchi hududlarda yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, bolajonlar uchun zamonaviy va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5