Yangiliklar

Deputat tomonidan sport sharoitlari o‘rganildi

Yosh avlodni jismonan sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasining o‘rni beqiyos. Shu maqsadda Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Boburjon Misratullayev hududdagi 3-umumta’lim maktabining sport zali hamda undagi sport anjomlari va jihozlarining holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida sport zalining umumiy ahvoli, mavjud sport anjomlarining yetarliligi, ularning texnik holati va foydalanish darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish hamda infratuzilmani yanada yaxshilash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. 

Slide 1 of 1