Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati mahallalarda o‘rganish olib bormoqda.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati o‘z saylov okrugidagi xonadonlarga tashrif buyurib, aholi bilan yaqindan muloqot qilmoqda.
O‘rganish davomida hududdagi obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati va fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalar ko‘zdan kechirilmoqda. Deputat aholi takliflarini tinglab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilab olmoqda.