🔹 “Yuksalish” harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi hamda O‘zbekiston Notarial palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida aholi uchun muhim bo‘lgan aksiya tashkil etildi.
🔹 Ushbu tadbirda, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M.Mamatqulov va B.Toshpo‘latovlar ham ishtirok etib, ular tomonidan fuqarolarga amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, aksiya davomida, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning murojaatlariga yechim topish va huquqiy ko‘mak ko‘rsatishga alohida eʼtibor qaratildi.
🔹 Bunday tadbirlar fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish va jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiladi. Mazkur aksiya o‘tkazilishi davom etmoqda.