O‘rganish davomida korxonada olib borilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari, mahsulot turlari hamda ishlab chiqarish quvvatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yoshlar maslahat guruhi vakillari tomonidan korxona faoliyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bildirilib, ishlab chiqarish sohasiga qiziqish bildirayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Deputat E.Yunusov bunday o‘rganishlar yoshlarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishi, amaliy tajriba orttirishi hamda kelgusida ularning bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.