Yangiliklar

Zomin tumani Shirin mahallasida joylashgan 7-son umumta’lim maktabida zamonaviy yopiq stadion qurish tashabbusi deputatlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur masala Zomin tumani Kengashi deputati L.Mustafakulova hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Muqaddas O‘razaliyeva ishtirokida ko‘rib chiqildi.

 Muhokamalar davomida:

— hudud aholisi va yoshlarning ehtiyojlari,

— maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash zarurati,

— yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish masalalari alohida e’tiborga olindi.

Eslatib o‘tamiz, loyiha “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ilgari surilgan bo‘lib, yetarli ovoz to‘planmagan. Shunga qaramay, uning ijtimoiy ahamiyati yuqori ekanligi inobatga olinib, uni amalga oshirishning muqobil imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Slide 1 of 4