Tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududdagi mahallalarda "mahalla infratuzilmasi" ichki yo‘llari hamda elektr ta’minoti, simyog‘ochlar (elektr ustunlari)ning bugungi kundagi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida:
✅ Ichki yo‘llarning texnik holati, ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish zarurati;
✅ Elektr simyog‘ochlarining mustahkamligi, xavfsizlik talablariga muvofiqligi;
✅ Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, deputat mahalla fuqarolari bilan bevosita muloqot olib borib, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni tingladi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborilishi, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.