Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy dasturi

 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 21-sessiyasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Tuproqqal’a tumani bo‘limi boshlig‘ining 2025-yilda yashil makon umummilliy dasturi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.  

Tuproqqal’a tumanida 2026-yil bahor mavsumida 490 000 ta va kuz mavsumida 571 000 tup (mevali, manzarali daraxt va buta) ko‘chatlari ekilishi belgilab olindi. 

Shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitnimuhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Tuproqqal’a tumani bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida 225 ta reyd tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 157 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan va joyida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.  

Slide 1 of 4