Yangiliklar

Deputat B. Sadikova Turkman MFYda: yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengaahi deputati B. Sadikova hududdagi Turkman MFYga tashrif buyurib, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Deputat ushbu faoliyatni ijobiy baholab, yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish, ularning muammolariga yechim topishda hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Yoshlar — jamiyatimiz kelajagi!

Slide 1 of 2