Yangiliklar

Deputat Beklar mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Aliyev Beklar mahallasiga tashrif buyurib, hududda faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimning ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida aholi muammolarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat ijtimoiy xodimning fidokorona mehnatini e’tirof etib, bu kabi tashabbuslarni yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, muammolarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga va mavjud masalalarga samarali yechim topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3