Bugun tuman hokimi X.Abduvoxidov, tuman prokurori X.Gaziyev va Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi yosh deputatlari, kotibiyat mudiri hamda bosh mutaxassislari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Ushrashuv davomida davomida yoshlarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolar, ularning taklif va tashabbuslari atroflicha muhokama qilinib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratildi. Yosh deputatlar tomonidan bildirilgan fikrlar tinglanib, ularni amaliy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda hududda amalga oshirilayotgan islohotlarda ularning faol ishtirokini kengaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.