O‘rganish jarayonida shifoxonada davlat dasturlari asosida ajratilayotgan bepul dori vositalarining mavjudligi, ularning saqlanish sharoitlari, bemorlarga yetkazib berish tartibi hamda hisobini yuritish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiya va takliflarberildi.
Mazkur o‘rganish ishlari sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning sifatli tibbiy xizmat hamda zarur dori-darmon vositalariga bo‘lgan huquqlarini kafolatlashga xizmat qiladi.