Yangiliklar

AHOLI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI

AHOLI MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YO‘LLANDI

Xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati K.Dosmurzayeva tomonidan fuqarolar murojaati asosida quyidagi masala ko‘tarildi.

⏺Murojaat mazmuni quyidagidan iborat: Tuman markazidan ancha olis joylashgan bo‘lishiga qaramasdan, hududdagi (Esquduq, Kendala, Besquduq) maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar ta’lim-tarbiya jarayonlarining ajralmas qismi sanalgan tuman markazida tashkil etilib, o‘tkaziladigan fan olimpiadalari, turli tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida doimiy ravishda faol ishtirok etib kelmoqda.

⏺Biroq ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun o‘quvchi yoshlarning tuman markaziga borib-kelishi asosan taksi xizmatlaridan foydalanish orqali amalga oshirilmoqda, bu esa yoshlar va ularning ota – onalari uchun qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

⏺Shu munosabat bilan quyidagi choralarni ko‘rish bo‘yicha tuman hokimi nomiga deputat so‘rovi yuborildi:

✅“avtobus” transport vositasi bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqish.

Mas’ul tashkilotdan ushbu masala yuzasidan asoslantirilgan yozma javob berish so‘ralgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.