Tuproqqal’a tumanida Navro‘z bayrami keng nishonlandi
Tuproqqal’a tumanida azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan, yangilanish va ezgulik ayyomi – Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda keng nishonlandi.
Bayram tadbirlari davomida tuman markazi bayramona bezatilib, milliy urf-odat va an’analarimiz aks etgan ko‘rgazmalar, xalq sayillari hamda madaniy chiqishlar tashkil etildi. O‘quvchi-yoshlar, nuroniylar, xotin-qizlar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, Navro‘z shodiyonalariga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.
Shuningdek, milliy taomlar sayli, folklor jamoalarining chiqishlari, sport musobaqalari va turli ko‘ngilochar dasturlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, sumalak sayli barchaning e’tibor markazida bo‘ldi.
Navro‘z bayrami – mehr-oqibat, birdamlik va yangilanish timsoli sifatida tuproqqal’aliklar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Yurtimizga tinchlik, xonadonlarimizga fayz-u baraka olib kelsin!