Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan va ekilayotgan ko‘chatlar holati o‘rganildi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev, kotibiyat mudiri N.Turdiyev hamda Oqoltin tumani Ekologiya bo‘limi boshlig‘i J.Bo‘ronovlar tomonidan tuman markazida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlar holati joyiga chiqib o‘rganildi. 

 O‘rganish jarayonida hududlarda ekilgan ko‘chatlarning holati, ularning parvarish qilinishi, sug‘orish tizimi hamda ko‘chatlarning to‘laqonli o‘sib rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

  Tashrif davomida ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish, ularni asrab-avaylash, qurib qolishining oldini olish hamda hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish muhim ekanligi ta’kidlandi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olinishi qayd etildi. 

Slide 1 of 6