🔹Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini taʻminlash doirasida joylarda tizimli ishlar davom etmoqda.
🔹Reja-jadvalga muvofiq, Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati S.Xidirova 8-Do‘stlik saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Do‘stlik mahallasida 2025-yil yakuni va 2026-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi hamda aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilinib, ularni hal etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.