Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (16–19 mart)

16–mart – Jaloyir MFY

7-"Jaloyir" saylov okrugi deputati Rizoqulov Xusniddin Salimtoshevich tomonidan Jaloyir mahalla fuqarolar yig‘inidagi mahalla “yettilik” faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–82-son Farmonlari, PF–209, PQ–267-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 312 va 313-son qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borish.

Masʼul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Yarashev Tuyg‘unjon Yarash o‘g‘li

17–mart – Chechak ota MFY

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Odilov Utkir Razzoqovich tomonidan hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholining kambag‘allikdan chiqarilishi bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni o‘rganish.

Masʼul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Kamolov Shoxrux Ergashevich

18–mart - Sangijuman MFY

22-"Oltinsoy" saylov okrugi deputati Boymirzayev Adxam Iskandarovich tomonidan aholi muammolari hamda "Mahalla yettiligi" a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish.

Masʼul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Yarashev Tuyg‘unjon Yarash o‘g‘li

19–mart – Qo‘rg‘ontepa MFY

25-"Langar" saylov okrugi deputati Islamov Ahmad Haydarovich tomonidan "Mahalla yettiligi" a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish. 

Masʼul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Kamolov Shoxrux Ergashevich

Bizni Xalq deputatlari tuman Kengashining rasmiy sahifasi: https://t.me/xatirchi_tuman_kengashi 

Slide 1 of 1