Guliston tuman Kengashining 14-saylov okrugidan saylangan deputat B.Qudratov Soyibobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
Jumladan, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.Shakllantirilayotgan “Ayollar daftari”ning uy ta’miri toifasiga kiritilgan Sinchalak-2 ko‘chasida yashovchi O.Abdug‘aniyevaning xonadoni manzilli chiqib o‘rganildi.
Shuningdek, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.