Yangiliklar

Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muzrabot tumani “Gulobod” mahallasida deputatning saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari tumani Kengashiga 7-Qo‘rg‘oncha saylov okrugidan saylangan deputat Norqobilov Shuxrat Ravshanovich ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va yo‘llar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Saylovchilar tomonidan qilingan murojaatlar va takliflar deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovnoma yuborishga kelishib olindi.

Slide 1 of 5