Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.

🏛 Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayevning navbatdagi tashrifi.

👨‍💼 Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev o‘z saylov hududidagi Navbog‘chiyon mahallasida bo‘lib, mahalla mas’ullari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🗣 Tashrif davomida hududda mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi hamda ularning yechimlari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🏫 Shuningdek, mahalla hududida joylashgan Samarqand shahar 73-umumta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

🔨 Maktabda olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari, barpo etilgan yangi sport maydoni ⚽️, faollar zali hamda yangi o‘quv binosida amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📚 Bundan tashqari, maktabdagi rus tiliga ixtisoslashgan sinflarda o‘quv jarayoni holati ham alohida o‘rganildi.

📌 Tashrif yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular deputatlik so‘rovlari orqali nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati F.G‘aybullayev

Slide 1 of 1