Mahalla yettiligiga kunlik topshiriq va vazifalar belgilab berildi
Joriy yil 20-yanvar kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati. Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov rahbarligida, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi rahbarlari hamda yettilik a’zolari ishtirokda navbatdagi chat orqali jonli muloqot o‘tkazildi. Unda, mahalla yettiligiga mas’ul bo‘lgan idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Shuningdek, tuman hokimi tomonidan mahallalarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etish ishlari, soliq tushumlari, ish o‘rinlari yaratish va platformaga yuklash, “Mening inspektorim” platformasini aholi xonadonlarga targ‘ib qilish ishlari muhokama qilinib, mahallalarda belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida ishlarni jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.