✅Samarqand shaharidagi Gʻafur Gʻulom mahallasida 3-So‘zangaron saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva saylovchilarga hisobot berdi.
✅Uchrashuvda 3-So‘zangaron saylov okrugitarkibidagi mahallalardan kelgan saylovchilar, xotin qizlar, yoshlar hamda nuroniylar ishtirok etdi.
✅Dastavval deputat joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlarito‘g‘risida saylovchilariga axborot berdi.
– Men deputat etib saylangan 3-So‘zangaron okrugi hududida Fidoyilar, Xalqobod, Sarbadorlar, Shahriobod, Davlatshoxi Samarqandiy, Sharq tongi, Toshkent, Sarbon, Qo‘shbaqolli, Abduraxmon Jomiy, Bog‘i Feruza, Zominiy, Yominiy, Urgutiy, Dari Zanjir, Ogahiy, Ibn Sino, So‘zangaron, Abdulla Qahhor, Gʻofur Gʻulom, Xalifa Ibroxim, Xoja Abdu Darun, Sadriddin Ayniy, Kaftarxona, Sayxun, Charmgari kabi mahallalar jam bo‘lgan. Har bir mahalla va ko‘chaning, xonadonning o‘z tashvishi, muammosi bor, – deydi deputat Nargiza Abdullayeva. – Yo‘l, suv va elektr energiyasi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalar, nogironligi bor fuqarolarning davolanishi bilan bog‘liq muammolar o‘z yechimini topmoqda.
✅Ta’kidlanishicha, Nargiza Abdullayevaga saylovchilari bilan ochiq muloqotlari davomidao‘tgan chorak davomida 30 tadan ziyod turli sohalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan 18 ta muammo yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovlari jo‘natilib, ijrosi nazoratga olingan. 10 ta murojaat og‘zaki hal etilgan bo‘lib,qolganlarining ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar olib borilmoqda.
✅Viloyat deputati Nargiza Abdullayeva partiya deputatlik guruhi yig‘ilishlarida, mansabdor shaxslarning eshituvlarida, doimiy komissiya va sessiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, saylovchilarini qiynab kelgan simyog‘ochlar, ichimlik suvi, jamoat transporti, davolanishga order, ishsizlik kabi masalalardagi muammolarni bartaraf etish uchun harakat qilib kelmoqda.
✅Uchrashuv so‘ngida deputat mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida saylovchilarga tushunchalar berib o‘tdi.
✅Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuv, fikr va mulohazalar, takliflar hamda shukronalik tuyg‘ularini bildirish bilan samarali kechdi.