Narpay tumani 31-Saroyqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan, Xalq deputatlari viloyati Kengashining deputati N.Yarmuxamedova 2025-yilning 1-choragi davomida o‘zining amalga oshirgan ishlari bo‘yicha saylovchilar oldida hisobot berdi.
✅ Deputat nomiga 2025-yilning 1-choragi davomida turli sohalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan, ularning aksariyati joyida hal etilgan, ayrimlari yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijobiy hal etilgan.
✅ Uchrashuvda mahallalardagi aniq muammolar tilga olindi:
❗️ Tadbirda hududdagi mahallalarning ichki ko‘chalarini shag‘allashtirish, ko‘chalar ta’mirtalab holatga kelib qolgani, bolalar o‘yingohini yoritish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, mahallaga tarqatilayotgan gaz ballonlarni texnika xafvsizligi talablariga javob bermasligi va boshqa masalalar tinglandi.
✅ Bu kabi hisobot-yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.