Kengash deputatlari uchun seminar tashkil etildi
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 476–VI-sonli qarori ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” o‘rniga “Odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” tashkil etilganligi hamda ushbu komissiyaning ish tartibi va asosiy vazifalari belgilab berildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023 yil 28 sentyabr kuniga chaqirilgan navbatdagi sakson oltinchi sessiyasi kun tartibidagi masalalarning dastlabki muhokamasi o‘tkazildi.