Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
“Deputat va yoshlar uchrashuvi”

♻️Qo‘shko‘pir tumanidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosi majlislar zalida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. 

🔼Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman kengashi deputati Bekzod Jabborov, “Yoshlar muammolarini o‘rganish va tadbirkorlikni ko‘llab kuvvatlash bo‘limi mudiri Iqbol Turayeva, partiya faoli Durdona Qabulova hamda yoshlar ishtirok etdilar. 

Uchrashuv avvalida deputat tomonidan "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" Davlat dasturining mazmun-mohiyati yoshlarga keng tushuntirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bandligini ta’minlash va tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish uchun yurtimizda yaratib berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar xususida so‘z bordi. 

📌 O'zLiDeP saylovoldi dasturida yoshlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ular uchun manfaatli ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishga ko‘maklashish borasida ustuvor vazifalar belgilab berilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv so‘ngida deputatlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Slide 1 of 1