Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
BIR DEPUTAT – YUZ AYOLGA KOʻMAKCHI

 OʻzLiDeP Hazorasp tuman kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan tashkil etilgan “Bir deputat – yuz ayolga koʻmakchi” loyihasi doirasida Hazorasp tumanidagi “Kamolot” mahallasida uchrashuv tashkil etildi. 

Tadbirda xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Gulnora Matmuratova, mahalla faollari, yoshlar ishtirok etdi. 

Uchrashuvda mahalladagi xotin-qizlarning muammolari, ularni qoʻllab-quvvatlash masalalari va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi. 

Deputat ayollarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, tibbiy va huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha takliflar berdi. Shuningdek, nogironligi bor ayollar va kam taʼminlangan oilalarga yordam koʻrsatish mexanizmlari haqida maʼlumot berildi. 

Uchrashuvda Qalandarova Moʻtabar “Kamolot” va “Oq maydon” mahallalarini yoʻlini bogʻlab turuvchi yoʻlini taʼmirlanishini soʻradi hamda subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berishga koʻmaklashishni soʻrab murojaat qildi.  

Uchrashuv davomida ayollar oʻz muammolari va takliflarini bildirib, deputat ularni hal etish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishini taʼkidladi. Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlarning samaradorligi oshirish maqsadida takliflar oʻrganilib, amaliy choralar koʻrilishi rejalashtirildi.  

Slide 1 of 2