Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
"Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi

O'zbek adabiyotining ikki yirik namoyondasi, buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy hamda shoh va shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlarini keng nishonlash maqsadida Termiz davlat pedagogika institutida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. 

Tadbirda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari D.Normuradova, M.Ruziyeva va S.Xodjayeva, partiyaning viloyat Kengashi xodimlari, OAV vakillari hamda
yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir partiyaning 2025-2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini o‘rganish, yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini oshirish, salohiyatli, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni har jabhada qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. 

Unda, hududdagi 5 ta oliy ta’lim muassasalarining faol talabalaridan tuzilgan jamoalar ikki buyuk mutafakkirning hayoti va ijodiga oid savollar asosida o‘zaro bellashdilar. 

O‘yin qiziqarli va bahslarga boy bo‘ldi. Talabalar egallagan bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar. 

Bellashuv yakunida, g‘olib jamoalar aniqlandi. Ular,  

1-o'rin Termiz davlat pedagogika institutining jamoasi,  

2-o'rin Termiz davlat universitetining jamoasi, 

3-o'rin Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining jamoasi. Mazkur jamoalarga, partiya Surxondaryo viloyati
Kengashining faxriy yorliq va estalik sovg'alari topshirildi.
 

Slide 1 of 16