Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari G‘ayrat Qodirov Do‘stlik tumani “Saritepa” mahallasida

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari G‘ayrat Qodirov Do‘stlik tumani “Saritepa” mahallasida bo‘ldi. Sayyor qabulda viloyat deputati Xolmumin Abdullayevich va tuman deputati Normuradov Almamatlar ishtirok etdilar.
General mayor G‘ayrat Qodirov dastlab mahalla fuqarolar yig‘ini binosi va boshqa inshootlarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Mahalladagi 3-sonli umumta’lim maktabida esa aholi bilan uchrashib sayyor qabul o‘tkazdi.
Dastlab mahallada ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinkalari tarqatildi. Shuningdek, mahallaning faol yoshlari ham alohida taqdirlandi.
Sayyor qabulda aholi toza ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.
Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. 

Slide 1 of 17