Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
CHINOZ TUMANI. MAHALLADAGI MUAMMOLAR DEPUTAT IShTIROKIDA TIZIMLI HAL ETILMOQDA

    Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tomonidan tumandagi “Xo‘ja” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan bir nechta muammoli masalalar ko‘tarilgan edi.

 Ushbu muammolar deputat va mahalla raisi hamda tegishli mas’ullarni jalb qilgan holda murojaat etgan fuqarolar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

Jumladan, Abdulla Avloniy ko‘chasida ta’mirtalab elektr simyog‘ochlarni yangilash, “Istiqlol” ko‘chasiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, ichimlik suvi quvurlaridagi nosozliklar birma bir o‘rganildi.

 Shu kunning o‘zida deputat E.Saidov tashabbusi bilan tuman Elektr ta’minoti korxonasining ustalarini jalb qilgan holda “Istiqlol” o‘tish ko‘chasiga quyosh energiyasidan quvvat oladigan ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi.

Shuningdek, tuman Obodonlashtirish boshqarmasining tegishli brigadasini jalb qilgan holda mahalla fuqarolari tomonidan kelib tushgan murojaatdagi masalalar o‘z yechimini topdi.

Slide 1 of 2