Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
XALQ BILAN MULOQOT – MUAMMO YECHIMINING SAMARALI USULI

Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputat I.Tursunov va xalq deputatlari viloyat kengashiga 27-Chinobod saylov okrugidan saylangan deputat R.Yusupov 28-yanvar kuni Xiva tumani Shayx Najmiddin Kubro mahallasi joylashgan 39-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida Hazrat Hayit Eshon, Shayx Najmiddin Kubro, Qattibosh mahallalaridan kelgan 51-nafar fuqaro bilan uchrashdilar.  

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolariga eʼtibor qaratilib, partiyaning saylovoldi dasturida nazarda tutilgan nafaqa yoshini saqlab qolish, qurilish va tibbiyot sohalarida sifatli xizmatlar koʻrsatish, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga zarur boʻladigan protez ortopediya mahsulotlari bilan toʻliq taʼminlash, shuningdek, partiyadan saylangan deputatlarning nazorat funksiyalari boʻyicha axborot berildi.  

Yigʻilish soʻngida fuqarolar tomonidan berilgan savollar, takliflar jumladan, aholi xonadonlarida foydalanish uchun oʻzlari ekkan mavsumiy va yogʻochbop daraxtlarni tegishli tashkilotlarning ruxsati bilan hech qanday toʻlovlarsiz kesib olish taklifi va Hazrat Hayit Eshon, Qattibosh, Shayx Najmiddin Kubro mahallalaridan oʻtuvchi Ziriyop kichik suv kanalini taʼmirlash boʻyicha murojaatlar bildirildi. Murojaatlarning yechimi yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi boʻyicha tushuntirishlar berildi. 

Slide 1 of 2