Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Deputatlar dolzarb mavzuda aksiya o‘tkazmoqda

 Deputatlar dolzarb mavzuda aksiya o‘tkazmoqda 

Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputatlari hamda tadbirkorlar
tashabbusi bilan “Inson hayoti bebaho ne’mat, u barcha narsadan ustun” tamoyili
asosida “Ogoh bo‘ling - is gazi” targ‘ibot-tashviqot aksiyasi o‘tkazildi. Shirinkent mahallasi aholisi bilan
o‘tgan uchrashuvda tushuntirish ishlari
olib borildi. 

Tadbirda tuman Kengashi deputatlari
A.Toshpo‘latov va N.To‘rayevlar hamda
“Tumangaz” filiali xodimlari, faollari ishtirok etdi. 

Aholi xonadonlarida isitish
tizimlarini muntazam tekshirish va ta’mirlab borish, xavfsizlik qoidalariga
qat’iy rioya qilish, is gazi xavfi va undan saqlanish bo‘yicha tushuncha berildi. 

Shu kunning o‘zida kam ta’minlangan,
ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila xonadonlariga tuman kengashi deputati, tadbirkor
A.Toshpo‘latov homiyligida is gazidan muhofaza qiluvchi maxsus uskuna o‘rnatib
berildi. Qayd etish joizki, bu jihoz gaz sizib chiqish xavfini tezda aniqlash
imkonini beradi, iste’molchini oldindan ogohlantiradi. Tadbir davomida is gazi chiqqanda
ogohlantiruvchi uskunalarni o‘rnatish tartibi, afzalliklari, foydalanish
qoidalari taqdimot qilindi.
 

Slide 1 of 4