Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
“KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTUR IJROSI YUZASIDAN O’RGANISH

Aholini kambag‘allikdan chiqarish. Bu aytish oson, lekin amalda bajarish katta mas’uliyat, tajriba, aniq strategiyaga asoslangan qadamlarni talab etadi. 

2024-yil 23-sentabrda Prezidentimizning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, dasturni amalga oshirishning aniq rejalari va 2024-2025-yillarda aholini kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishlari va hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. 

Ushbu Farmondan kelib chiqib, Urganch shahridagi mahalllarda tashkilotlar rahbarlari va mahalla yettiligi bilan birgalikda o‘rganishlar olib borildi. Birinchi navbatda shahardagi 450 ta kambag‘al oilalar tanlab olinib, ularga 90 nafar viloyat va shahar darajasidagi rahbarlar biriktirilgan.

Biriktirilgan shahar va viloyat rahbarlarining xonadanbay ishlarini tashkillashtirilganligi yuzasidan deputatlik monitoringni olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati mudiri deputat P.Ro‘ziboyev o‘ziga biriktirilgan Urganch shahar “Gulchilar” mahallasida yashovchi kambag'al oilalar xolidan xabar oldi.  

Slide 1 of 1