35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Deputatlar va tadbirkorlar muloqot forumi

Deputatlar va tadbirkorlar muloqot forumi

 O'zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Transport va qurilish texnologiyalari texnikumida “Deputatlar va tadbirkorlar muloqot forumi” tashkil etildi.

 Unda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati R.Astanaqulova, O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati A.Ro‘ziev, viloyat Kengashi deputati - tadbirkor G.Kravchenya va Termiz tuman Kengashi deputatlari O‘.Omonov, R.Shamanov va T.Berdiyarovalar ishtirok etdi.

 Muloqot forumida kichik biznes vakillari, oilaviy tadbirkorlarni qiynayotgan muammoli masalalar o‘rtaga tashlandi. O‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar joy, kredit, uskunalarni xarid qilishda amaliy ko‘mak zarurligini bildirishdi. 

Albatta, deputatlar bu borada o‘z tavsiyalarini berishdi. Shu bilan birga, bugun mamlakatimizda tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar borasida ham ma’lumot berildi. Forumda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z vakolati doirasida amaliy yordam ko‘rsatishlarini aytib o‘tishdi.

Slide 1 of 3