35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATI

Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Kravchenya va O‘zLiDep Termiz shahar Kengashi apparat rahbari A.Tangirovlar ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masala shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Dusmuratovning Termiz shahrida 2024-yil IV chorak yakunida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 31-yanvardagi PQ–39 son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida shaharda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.

Slide 1 of 2