Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Deputat faoliyatidan

 #deputat_faoliyatidan 

  

                         “Yonariq” MFY hududidan saylangan deputat Shahlo Ko‘chimova ishni eng dolzarb muammoni hal etishga kirishishdan boshlabdi.

        Xabaringiz bo‘lsa, Yangi Angren IESga shu mahalla ichidan katta yuk mashinalarida ko‘mir tashiladi. Yuk mashinalariga peregruz qilib ortilgan ko‘mirlar yo‘lga to‘kilib, hamma yoqni qora kuya qilib tashlagan. Buning ustiga yukni tashlab, qaytishda mashinalar ballonlarini yuvmaydi, shilta ko‘mir qoldiqlari yana ushbu yo‘llarga to‘kilmoqda. Xullas, mahallaning ichi ko‘mirga botgan. Bizga xabar berishlaricha, Sh.Ko‘chimova direktor bilan birgalikda bir necha yuk tashuvchi firmalar va bo‘lim boshliqlari
bilan muloqot o‘tkazibdi, mazkur muammoni bartaraf etish choralari haqida gapiribdi.

       To‘g‘ri, IESga ko‘mir tashlashni to‘xtatishning imkoni yo‘q. Bu ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Ammo yuk mashinalariga ko‘mirni ortiqcha ortmaslikning
imkoni bor. Qolaversa, mashinalar yo‘llarni abgor holga keltirmoqda, yo‘lni ta’mirlashning ilojisi bor.  

Slide 1 of 1