Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Халқ депутатлари Фарғона туман Кенгаши депутатлари иштирокида "Конституцияни такомиллаштириш давр талаби" мавзусида тарғибот тадбири

"Konstitusiyani takomillashtirish davr talabi”

Bugun Farg‘ona tuman Madaniyat uyi va tuman hokimligining majlislar zalida qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat olib borayotgan rahbar-xodimlar ishtirokida "Konstitusiyani takomillashtirish davr talabi” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati D.R.Mamajonova va tuman Kengashi deputatlari N.Isaqov, O.Madumarov, O.Dadajonova va tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.Mirzayevlar ma’ruza qilib, yangi tahrirdagi bosh Qomusimiz bo‘lmish Konstitusiya jonajon xalqimizning orzu-istaklarini o‘zida mujassam etgan normalar bilan to‘ldirilib, barcha moddalar faqat va faqat "Inson qadri"ni ulug‘lashga qaratilganligini va O‘zbekiston tarixida ilk marotaba Konstitusiyaga kiritilgan har bir moddani xalqimizning o‘zi taklif qilganligini bildirib, mazkur siyosiy jarayonga befarq qaramay, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol qatnashib, har kim o‘zining ertangi kuni uchun ovoz berishga chaqirdilar.

Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1