Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
«Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik» muzeyiga tashrif buyurildi.

Oliy Majlis Senati a'zolari va Navoiylik deputatlar Samarqand shahrida joylashgan «Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik» muzeyiga tashrif buyurishdi. 

O‘zbekiston va Xitoyning tarixiy aloqalariga doir muzey ekspozitsiyasi joylashgan binoning tarixi juda qiziq. 1899 yil Samarqanddagi Abramov xiyobonida qurilgan ushbu bino Rossiya - Xitoy bankining filiali bo‘lgan. Samarqand uchun yangilik bo‘lgan oppoq bino Yevropa klassik arxitekturasiga asoslangan uslubda qurilgan edi.

Bank 1909 yil oxirida tugatilib, boshqa bankka birlashib ketadi. Bolsheviklar to‘ntarishidan so‘ng u ham faoliyatini tugatadi. SSSR davridan boshlab turli ijtimoiy vazifalarni bajargan bino 2000 yildan Samarqand davlat universiteti ixtiyoriga o‘tgan.

Ayni vaqtda bu binoda hukumat qaroriga muvofiq, «Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik» muzeyi tashkil etilgan.

Slide 1 of 1