Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati E.Salixov Avazali mahalla faollari bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’ZLIDEP fraksiyasi a’zolarining elektorat bilan mustahkam aloqada ishlashida, ayniqsa, deputatlarning o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlari amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu, o‘z navbatida, deputatlarning qonun ijodkorligi faoliyatida muhim takliflarni ishlab chiqishda ijobiy o‘rin tutadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘ZLIDEP fraksiyasi a’zosi Erkin Salixov Oqdaryo tumanidagi Avazali mahallasida bo‘lib, O‘ZLIDEP deputatlari, mahalla faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida deputat E.Salixov Prezidentimizning Sayxunobod tajribasini viloyatning chekka hududlariga ham yetkazish, aholi daromadini oshirishda tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish choralari yuzasidan ma’lumot berish bilan bir qatorda, Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritib, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda deputatga fuqarolardan eski sim yog‘ochlarni almashtirish, yo‘llarni ta’mirlash, transformator o‘rnatish, imtiyozli kreditlar olish, sog‘liqni saqlash, mahalla binosini ta’mirlash masalalariga oid 10 ta murojaat kelib tushdi.

Aholini o‘ylantirgan ushbu masalalarning joyida hal etish joralari ko‘rildi va fuqarolarini yozma murojat va arizalarini deputat nazoratiga oldi.

Slide 1 of 2