Mamlakatimizda so‘nggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.
Mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularga o‘ndan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berildi. Xususan, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq, ekologiya va sog‘liqni saqlash organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qo‘yildi.
So‘nggi yillarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini kuchaytirish, mahalliy vakillik organlarini “xalqning chinakam ovozi”ga aylantirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.
Xususan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining xalq deputatlari Kengashlari oldidagi hisobdorligi va mas’uliyatini oshirish maqsadida ularga o‘ndan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berildi, ularni to‘laqonli ro‘yobga chiqarish uchun vakillik organlari kotibiyatlari tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida esa, mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya hokimiyatlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi ularning jamiyat va davlat boshqaruvidagi rolini hamda aholi oldidagi mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.
Mahalliy Kengashlarga o‘z faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolati sifatida belgilandi.
Bu borada olib borilgan tahlillar natijalari qonunchilik hujjatlarida mahalliy Kengashlar zimmasiga yuklangan takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish,
maqbullashtirish hamda ularni tizimlashtirish belgilab olindi.