Mamlakatimizda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan qator islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Bu kabi keng ko‘lamli islohotlar zamirida avvalambor, yosh avlodni jamiyat hayotida siyosiy jihatdan faol, o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan, huquqiy madaniyati yuksak fuqaro sifatida tarbiyalash va shu orqali fuqarolik jamiyatini yana-da shakllantirish va yuksaltirishdan iboratdir.
Mazkur vazifalarni tashkil etish va amalga oshirishda nafaqat tuman markazidagi yoshlar, balki chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlar o‘rtasida ham tashkil etish maqsadga muvofiq. Ushbu amaliy ishlarning davomi sifatida Tuproqqal’a tumanining 1-sonli ixtisoslashgan davlatumumtaʼlim maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. O‘quvchi va yoshlar Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputati - Saburjon Allayarov bilan uchrashishdi.
Deputat va yoshlarning jonli muloqoti davomida nafaqat savollarga javoblar olindi, balki takliflar va tashabbuslar ham olg‘a surildi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini o‘ylantirayotgan muammo va takliflarga deputatdan tegishlicha javoblar olishdi.
Joriy yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb eʼlon qilinishi yoshlarimiz uchun kutilmagan yutuqlarga boy bo‘lishi va keng imkoniyatlar yaratilishi alohida taʼkidlandi.
Tadbir so‘ngida deputat tomonidan iqtidorli o‘quvchilarga badiiy adabiyotlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.