Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Salohiddin Kuldashov "Markaz" mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda 2-chorak yakunlari bo‘yicha tuman va mahalla darajasida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya sohalaridagi natijalar, shuningdek, fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan loyihalar bo‘yicha batafsil axborot taqdim etildi.

Deputat o‘z chiqishida tuman hokimligi va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan joriy etilgan yangi tashabbuslar hamda saylovchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish va hal etishga oid chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, jumladan, ijtimoiy infratuzilma, yo‘l va kommunal xizmatlar, yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish haqida savollar berdi. Deputat barcha murojaatlarni diqqat bilan tinglab, muammolarni hal etishda yondashuvlarni takomillashtirish va javobgarlikni oshirishga doir rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv yakunida deputat saylovchilar bilan kelgusidagi hamkorlik va muloqotni davom ettirish, shuningdek, ularning hayot sifatini yaxshilash uchun birgalikda ishlashga tayyor ekanligini ta’kidladi.

Slide 1 of 3