Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Munosabat

Prezidentimizning Ozarbayjonga qilgan davlat tashrifi nafaqat siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega, balki madaniy yaqinlik, bilim va yoshlar orzularini bog‘laydigan muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

Deputat sifatida meni ayniqsa ta’lim, madaniyat va yoshlar almashinuvi yo‘nalishlarida erishilgan kelishuvlar ilhomlantirdi. Chunki bu yo‘nalishlar — xalq yuragiga, yosh avlod tafakkuriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi sohalardir.

Ta’lim sohasida:

Qo‘shma fakultetlar, ilmiy almashinuvlar, akademik hamkorlik, stipendiyalar va malaka oshirish dasturlari orqali o‘zbek va ozar talabalari bir-biridan o‘rganadi, teng sheriklikda o‘sadi.

Madaniyat sohasida:

San’at va madaniyat festivalari, adabiy kechalar, musiqiy almashinuvlar orqali ikki xalqning boy ma’naviy merosi yanada yaqinlashadi. Bu esa bir-birimizni chuqurroq tushunishimizga zamin yaratadi.

Yoshlar almashinuvida:

Forumlar, ijtimoiy tashabbuslar, volontyorlik va innovatsion loyihalarda ishtirok orqali yoshlarimiz nafaqat do‘stlashadi, balki hamkorlik madaniyatini o‘rganadi, kelajakni birgalikda qurishga o‘rganadi.

Men, xalq vakili sifatida, bu yo‘nalishlardagi har bir tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman. Har bir yoshda, har bir talaba va ijodkorda bu tarixiy imkoniyatlardan foydalanish uchun imkon ochilishi kerak.

Chunki aynan ta’lim, madaniyat va yoshlar — bu bizning ertangi mustahkam poydevorimizdir!