Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Ishtixon tumanidagi 42-umumiy o‘rta taʼlim maktabida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashiga O‘zXDP tomonidan saylangan deputat Nurali Qiyamov Ishtixon tuman Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori Nurbek Rizayev bilan birgalikda tumandagi 42-umumiy o‘rta taʼlim maktabida taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, voyaga yetmaganlarning nazoratsiz-qarovsiz qolishlarini oldini olish, o‘quvchilarning dars mashgʻulotlariga qatnashishi, davomati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Uchrashuv jarayonida deputat tomonidan yoshlarga mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yosh avlodga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’limga qabul parametrlari o‘sgani, a’lo baholarga o‘qiyotgan yoshlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etilayotgani, yoshlarning kasb-hunarni o‘rganishda katta e’tibor berilayotganligi e’tirof etildi. 

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob olish bilan birga yechimini kutayotgan muammolarini o‘rtaga tashladilar. Deputat o‘rganilgan masalalarni mutasaddilar hamkorligida ko‘rib chiqib, ijobiy hal etishga kirishgan.

Slide 1 of 4