Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga munosabat

O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga munosabat.

2025-yil 1-sentabr kuni yurtimizda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganiga 34 yil to‘ladi. Bu sana nafaqat davlatimiz, balki har bir yurtdoshimiz uchun o‘ta muhim va g‘ururli sanadir. Mustaqillik bizga erkin hayot, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash imkonini berdi. Eng muhimi — ozod va obod Vatan, erkin va baxtli xalq degan yuksak g‘oya bugun amaliyotga aylanmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, xalq bilan ochiq muloqot siyosati mustaqillikning ne’matlari ekanini yana bir bor isbotlamoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar kabi barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda.

Bu yutuqlarning zamirida yurtimiz tinchligi, xalqimizning mehnatkashligi va davlatimiz rahbariyati olib borayotgan oqilona siyosat yotadi. Bugun har bir o‘zbekistonlik Vatan taqdiri uchun mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, o‘z mehnati, bilimi, fidoyiligi bilan mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shmoqda.

Mustaqillik — bu faqat tarixiy sana emas, balki milliy o‘zligimiz, qadriyatlarimiz, tilimiz va madaniyatimizni asrab-avaylash, yangi avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash demakdir.

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan tabriklaymiz! Ona Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz baxtli bo‘lsin!

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati - Y.Axmedov 

Slide 1 of 1