Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li tumandagi Guliston mahallasida joylashgan 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan navbatdagi ochiq muloqotni amalga oshirdi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li tumandagi Guliston mahallasida joylashgan 15-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan navbatdagi ochiq muloqotni amalga oshirdi.

Uchrashuv davomida deputat avvalo o‘zining deputatlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, mahalla va tuman miqyosida ko‘tarilgan muammolarni hal etish borasida olib borilgan chora-tadbirlar, fuqarolarning murojaatlari asosida qilinayotgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid tashabbuslari xususida batafsil axborot berdi.

Shuningdek, Musurmonov Maqsud Musurmon o‘g‘li o‘z faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari haqida ham so‘z yuritib, jumladan:

  • Mahalladagi infratuzilmani yanada rivojlantirish,
  • Aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish,
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar deputatga o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini ochiq bildirishdi. Jumladan, ichki yo‘llarning ta’mirlanishi, ko‘cha yoritgichlari o‘rnatilishi, maktabda qo‘shimcha sport anjomlariga ehtiyoj borligi kabi masalalar ko‘tarildi. Deputat har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda yechim topishga harakat qilishini aytdi. 

Slide 1 of 3