Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Korrupsiyaga qarshi kurashish

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy kengash deputatlaprining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha bergan tavsiyalari asosida
sessiyaga kiritilgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish amaliyoti davom ettirildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” a’zolari shahar prokuraturasida sayyor yig‘ilish o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishidagi
topshiriqlariga asosan korrupsiyaviy holatlar va korrupsiyaga oid xavf-xatarlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda rahbar va
xodimlar orasida ushbu illatni oldini olish to‘g‘risida shahar prokurori adliya maslahatchisi B.Ilyasovning axboroti tinglandi. Axborotda jamiyatda korrupsiya muammosi jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilganligi va ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganligi ta’kidlandi. Biroq, bu sohada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda,
salbiy holatlarni ham aniq misollar asosida sharxlab o‘tildi.  

Axborot yakuni bo‘yicha doimiy komissiya raisi G.Sharipova, Xalq deputatlari shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, shahar Kengashi
deputatlari A.Ismatov, J.Kamolxodjayev, U.Abdunazarov korrupsiyaga qarshi kurashishda uning oqibatlari bilan emas, unga zamin yaratuvchi omillari bilan kurashish, bunda jamiyatning barcha qatlamlari orasida, bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlab to yirik korxonalar o‘rtasida ta’sirchan tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi aytib o‘tildi. Muhokama yakunida Toshkent viloyati bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni sifatli bajarish bo‘yicha yaqindan hamkorlikka kelishib olindi hamda sessiya kun tartibiga masala kiritildi.  

Slide 1 of 3