Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
Fuqarolar muammolari tinglanmoqda: Payariqda navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan ushbu tadbirda fuqarolarning ijtimoiy, huquqiy, kommunal-maishiy yo‘nalishlardagi muammo va takliflari tinglandi.

Qabul davomida aholining turmush sharoitini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy yordam, ish bilan ta’minlash kabi masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan qonunchilikdagi ayrim o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar so‘raldi.

Murojaatlar e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Yechimini talab qiladigan holatlar esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Tuman Kengashi raisi I.Jabborov bunday uchrashuvlar aholining muammolarini bevosita eshitish va ularni hal etish yo‘lida muhim platforma ekanini ta’kidlab, qabul doirasida ko‘tarilgan har bir masala e’tibordan chetda qolmasligini bildirdi.

Shu kabi qabullar muntazam o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari asosida aniq natijalar sari harakat qilinmoqda. 

Slide 1 of 2