Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari sarfi yuzasidan axborot berildi

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari sarfi yuzasidan axborot berildi

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining ellik yettinchi sessiyasi doirasida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli foydalanishni nazorat qiluvchi jamoatchilik komissiyasi raisi Alibek Amanlikov tomonidan axborot berildi. 

Axborotda, joriy yilning noyabr va dekabr oylarida fuqarolar tomonidan jami 78 ta ariza kelib tushgan bo'lib, shundan 31 nafar fuqarolarning murojaatlariga ijobiy, 47 nafar fuqarolarning ariza hujjatlarida kamchiliklar bo‘lganligi, fuqarolarning doimiy daromad manbai mavjud ekanligi, mehnatga layoqatli yoki mehnatga layoqatli oila a’zolarining borligi sababli rad etilganligi ta'kidlandi.

Shuningdek, 3-dekabr "Xalqaro Nogironlar kuni" munosabati bilan nogironligi bo'lgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va ularni kundalik mahsulotlar bilan ta'minlash maqsadida jami 100 nafar fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari to'plamlari sotib olish uchun 10 million so'm hamda 200 nafar fuqarolarga “Saxovat dasturxoni” tashkil etish uchun 10 million so'm mablag'lar o‘tkazib berish bo‘yicha qaror qabul qilingani qayd etildi.

Slide 1 of 3