Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
янв.21
Qo'rg'ontepa ayollari e'tirofda!
янв.21
Qo'rg'ontepada bir nechta mahalla nomi o'zgartirilmoqda
янв.21
Deputat va Mahalla ettiligi ish jarayoni
Davlat granti uchun muammolar o‘rganilmoqda

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, 2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 26 avgustdagi 124-sonli farmoni bilan Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi qayta tashkil etilgan edi.
Mazkur farmon bilan Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi va Jamoat fondi oldiga fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan yangicha tizimda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Parlament komissiyasi raisi A.Shodmonov, Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori O.Xusanov va Jamoat fondi viloyat bo‘linmasi boshlig‘i D.Malikovdan iborat ishchi guruhlar shu kunlarda viloyatimiz bo‘ylab xizmat safarida.
Ishchi guruh Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari O.Sadullayev, S.Ochilov, J.Mavlyanov, A.Rabbimov, E.Abdusalomov, S.Abdug'aniyev va N.Kiyamovlar bilan birgalikda Ishtixon tumanida aholining muammolarini hamda o‘z yechimini kutayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega boshqa masalalarni o‘rganmoqda.
Ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha har bir hududga mo‘ljallangan, xususan, ichimlik suvi, maktab va poliklinikalar infrastrukturasi, aholi bandligi va salomatligi sohalarida aholini qiynayotgan muammolarning manzilli va samarali yechimiga qaratilgan grant tanlovlar e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

Slide 1 of 4