Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tumandagi tegishli tashkilot va muassasa rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya raislari hamda a’zolari ishtirok etishdi. Yig'ilishda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro intizomini mustahkamlash va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan keng qamrovli muzokaralar olib borildi.

Yig‘ilish davomida tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Sh.Muxtorov, tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i v.v.b M.Qurbonov, Qiziriq tumanidagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi I.Xoliqov, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Xudoyqulovlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalari yuzasidan o'z axborot va hisobotlarini doimiy komissiyalar a’zolariga taqdimot qildi.

 Deputatlar tomonidan hisobot va axborotlar yuzasidan kerakli savollar berilib, mas'ullardan yetarlicha javoblarni oldilar. Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan bir qator amaliy takliflar ilgari surilib, muammolarni hal etishda tashkilotlararo hamkorlikni kuchaytirish, mas’ul ijrochilarning javobgarligini oshirish hamda joylardagi holatni muntazam nazoratga olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 Shuningdek, Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining kelgusidagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev deputatlarni tanishtirdi. Sessiyaga kiritiladigan masalalarni puxta tayyorlash, hisobotlarni tahliliy asosda ko‘rib chiqish hamda aniq taklif va xulosalar bilan chiqish lozimligi alohida qayd etildi.

 Yig‘ilish yakunida aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar tomonidan doimiy nazoratga olinishi, har bir masala bo‘yicha natijadorlik talab etilishi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 17